Muqimiy teatriga tashrif


     Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining direktori, O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, iste’dodli xonanda - Azim Mullaxonovdan intervyu oldik.
     Azim Mullaxonov festival doirasida ishtirok etishayotgan xorijiy mehmonlar bilan band ekanligiga qaramasdan, biz uchun vaqt ajratganidan xursand bo‘ldik. Suhbatimiz Azim Mullaxonovning rahmatli onasi, O‘zbekiston xalq artisti - Farog‘at Rahmatova, teatrdagi rahbarlik faoliyati va festival haqida bo‘lib o‘tdi.
     Azim Mullaxonov teatr direktori bo‘lishiga qaramasdan, kamtarligi, xushmuomala ekanligini e’tirof etishimiz joiz.
     Intervyu uyushtirishimizga yaqindan ko‘maklashgan teatrning Matbuot kotibi, jurnalist - Firuzabonu Xoliqova va jurnalist hamda yozuvchi Muzaffar Muhammadnazarga minnatdorchilik bildirib qolaman.
     Suratda intervyu jarayoni va festivaldan lavhalar.
    © Muzaffar Muhammadnazar fotosuratlari.     
    
  Ma’lumot: Azim Azizovich Mullaxonov 1960 yilning 17 Fevral kuni Toshkent shahrida san’atkorlar: sozanda - Aziz Mullaxonov va O‘zbekiston xalq artisti - Farog‘at Rahmatova oilasida tug‘ilgan. 
   Toshkent Davlat San’at institutini tamomlagan. Xonanda 60 dan ziyod qo‘shiqlarni ijro etgan. 
     2023 yildan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrining direktori vazifasaida faoliyat yuritib kelmoqda.

2023 yil.










Изоҳлар 1
  1. Устоз санъаткор Азим Муллахоновнинг ўта камтар ва самимий эканликларига камина ҳам гувоҳ буўлганман. Санъат соҳасига кириб келаётган ёшлар ҳаётига бағишланган бир кўрсатувга устозни хам таклиф қилдик. Яна Ўзбекистон халқ артисти Матлуба Дадабоева, Ўзбекистонда хизмат ку́рсатган артист Гулбаҳор Эрқулова ҳам иштирок этдилар. Жуда фойдали, ҳаётий гаплар, очиқ мулоқот тарзида ёзилган куўрсатув, минг афсуски, овозсиз съёмка қилинибди, брак бўлди. Қайта олишимизга рухсат бўлмади. Салкам 2 соат давомида Азимжон Муллахоновнинг сабрларига, ўзларини тутишларига, оналарининг меҳнатларини қайта-қайта эътироф этишларига жуда ҳавасим келганди. Ҳатто бир марта қўнғироқ қилиб, куўрсатув чиқмади-ку, деб таъна қилмадилар ҳам. Қанийди, ёшларимиз мана шундай инсонлардан ўрнак олишса...

     

     

     

Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот