Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi


– Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi qanday?

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20. 10. 2023 yil kungi 550- sonli qarori asosida Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari qabul qilingan. 
    Ushbu qoidalarning 10- bobi 149- bandiga asosan, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach, uning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish ishonchnoma asosida amalga oshirilmaydi.
   FHDY bo‘limiga berilgan ariza FHDYning yagona elektron arxivi axborot tizimi orqali tegishli tekshirish o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga so‘rovnoma yuboradi va 20 kun mobaynida o‘rganib chiqilgach, familiyasi, ismi, ota ismi o‘zgartirish xususidagi fikrini FHDY organiga axborot tizimi orqali taqdim etadi.
   
– Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish sabablari qanday?

– O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili haqidagi qonuni 15- moddasiga muvofiq:

     Sudning hal qiluv qarori asosida. Agar familiyasi va ismi eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa yoki familiyasi va ismi millatiga to‘g‘ri kelmasa, xohishiga ko‘ra nikohgacha familiyasiga qaytishda, oila uchun umumiy familiya bo‘lish istagi paydo bo‘lganda, ota-ona bilan bir xil familiyada bo‘lishda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20. 10. 2023 yil kungi 550- sonli qarori bilan oxirgi o‘zgartirish kiritildi o‘gay otaning yoki vasiyning familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda ham o‘zgartirish mumkin.

M. Sotvoldiyeva – Andijon viloyat, Marhamat tumani 
FHDY bo‘limi mudirasi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот