Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi olish


Savol: 

– Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi olish uchun qayerga murojaat etsam bo‘ladi?

Javob: 
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596- son qaroriga asosan, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib, murojaat qiladi. Davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.
   Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimiga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ariza beruvchi nomidan bevosita ularning roziligi bilan, YIDXP orqali murojaat qilishda mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 3- ilovaga muvofiq shaklda elektron so‘rovnomani to‘ldiradi.
   Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchi tomonidan yuboriladigan so‘rovnoma tasdiqlangandan so‘ng, “Yagona reyestr” ATga elektron shaklda yuboriladi.
   Yuborilgan ariza vakolatli organ tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘rganilib, bir oy muddat ichida arizachiga murojaat natijasi SMS xabarnoma orqali yuboriladi.

Alisher Madraximov – Andijon viloyat, Marhamat tumani 
Adliya bo‘limi boshlig‘i.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот