Kimlarga nisbatan qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi?


     Savol: Kimlarga nisbatan qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi?

     Javob: Mehnat kodeksining 183-moddasiga asosan Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlar hisobga olingan holda qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.
     Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi quyidagilarga majburiy tartibda belgilanadi:

– o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga;
– I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga;
– noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga;
– ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy, asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot xodimlariga, pedagoglarga va boshqa toifadagi xodimlarga;
– uch yoshgacha bo‘lgan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga).
     Ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan o‘ttiz olti soat qilib belgilanadi. Bunday xodimlarning ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Odilov Abdulaziz Jaloldin o‘g‘li –
Andijon viloyat, Xo‘jaobod tuman 
Adliya bo‘limining yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот