Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish tartibi


– O‘zaro qonuniy nikohlari qayd etilmagan ota-onadan tug‘ilgan farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish tartibi qanday? 

– O‘zaro qonuniy nikohlari qayd etilmagan ota-onadan tug‘ilgan farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ota-onaning otalikni belgilash haqidagi arizasi asosida rasmiylashtiriladi. Otalikni belgilash haqidagi ariza ota-ona ishtirokida FHDY organida bola tug‘ilgungacha, bolaning tug‘ilishini qayd etish bilan bir vaqtda yoki bolani tug‘ilishi qayd etilgandan so‘ng berilishi mumkin. Otalikni ishonchnoma orqali belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. 

– Agar bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan bo‘lsa, bolaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berish tartibi qanday?

– Agar bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan bo‘lsa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizaga nikohda turgan erning u bilan qonuniy nikohda bo‘lgan onadan tug‘ilgan bolaga nisbatan otalikni belgilash yoki bolani tug‘ilishini yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilishiga notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinishi yoki u FHDY organiga kelib, bunga yozma ravishda roziligini bildirishi lozim. Bunday rozilik FHDY organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

I. Ergasheva – Andijon viloyat, Marhamat tumani 
FHDY bo‘limining 1-toifali inspektori. 










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот