Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar
Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga berilgan uy-joylar uçun soliq imtiyozlari: muammolar va yeçimlar
Andijon viloyatida ötkazilgan örganişlar ayrim yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga qonunçilikda belgilangan soliq imtiyozlari töliq qöllanilmayotganini körsatdi. Bu esa uy-joy bilan ta’minlangan yoşlar uçun kutilmagan soliq qarzdorliklari yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.
Qonunçilikdagi kafolatlar amalda qay darajada işlayapti?
Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, mustaqil hayotga qadam qöyişida zarur şart-şaroitlar yaratiş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biridir. Bu borada ularga uy-joy ajratiş bilan bir qatorda, qonunçilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaş ham alohida ahamiyatga ega.
Ijtimoiy inspeksiyaning Andijon viloyat boşqarmasi tomonidan 2026-yilda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga davlat tomonidan ajratilgan uy-joylar uçun 23 yoşga tölguniga qadar belgilangan soliq imtiyozlarining amalda qöllanilişi yuzasidan örganiş ötkazildi.
Örganişlar davomida 2021–2025-yillarda Andijon viloyati böyiça jami 140 nafar bolaga uy-joy ajratilgani aniqlandi. Şundan 125 nafari tegişli davrda 18–23 yoş oraliğida bölgan.
Soliq organlaridan olingan ma’lumotlar esa uşbu toifadagi yoşlarning barçasi belgilangan imtiyozlardan bir xil darajada foydalana olmayotganini körsatdi.
Raqamlar ortidagi muammolar
Örganiş natijalariga köra, uy-joy bilan ta’minlangan 18–23 yoş oraliğidagi 125 nafar yoşdan 65 nafariga mol-mulk soliği böyiça imtiyoz qöllanilgan. Yana 45 nafar yoşga tegişli mol-mulk böyiça soliq organlarining axborot tizimida mol-mulk soliği hisoblanmagan.
Eng e’tiborli jihati şundaki, mol-mulk soliği böyiça imtiyozdan foydalaniş huquqiga ega bölgan 15 nafar yoşga nisbatan 2021–2025-yillar davomida jami 3 million 388 ming 123 söm mol-mulk soliği hisoblangan.
Bu holat imtiyozlarning amaliyotda qöllanilişi, tegişli ma’lumotlarning soliq organlari tizimiga kiritilişi va imtiyozga ega şaxslarning öz huquqlaridan xabardorligi bilan boğliq masalalarni qayta körib çiqiş zarurligini körsatadi.
Ayrim yoşlar soliq qarzdorligi bilan yuzma-yuz
Örganiş davomida ayrim yoşlarning holatlari ham közdan keçirildi.
Jumladan, 2005-yil 22-martda Qörğontepa tumanida tuğilgan Sobirova Öğiloy Salimjon qiziga 2023-yilda uy-joy ajratilgan. Biroq soliq imtiyozi qöllanilmagani oqibatida 401 ming 150 söm miqdorida mol-mulk soliği hisoblangan.
Şuningdek, 2002-yil 7-martda Buloqboşi tumanida tuğilgan Tursunov Nizomiddin Isomiddin öğliga 2021-yilda uy-joy berilgan bölsa-da, unga ham tegişli soliq imtiyozi qöllanilmagan. Natijada 478 ming 100 söm miqdorida soliq qarzdorligi yuzaga kelgan.
Bunday misollar uy-joy bilan ta’minlangan yoşlarning davlat tomonidan berilgan ijtimoiy kafolatlardan töliq foydalanişi uçun amaliy kömak va tizimli nazorat zarurligini anglatadi.
Imtiyozdan foydalaniş uçun nima talab etiladi?
Soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari bilan ötkazilgan suhbatlarda ma’lum bölişiça, mazkur imtiyozdan foydalaniş uçun huquqqa ega şaxs özi olgan uy-joy joylaşgan hududdagi soliq inspeksiyasiga murojaat qilişi lozim.
Bunda şaxsning yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölganligini tasdiqlovçi hujjatlar hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 656-son qarori asosida ajratilgan uy-joyga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilişi talab etiladi. Taqdim qilingan hujjatlar soliq inspeksiyasining axborot tizimiga kiritilgandan söng tegişli imtiyoz qöllaniladi.
Demak, imtiyozning amalda qöllanişi nafaqat qonunçilikda belgilangan huquqning mavjudligiga, balki zarur hujjatlarning rasmiylaştirilişi, soliq organlariga taqdim etilişi va axborot tizimida töğri aks ettirilişiga ham boğliq.
Ayni paytda örganiş davomida uşbu toifadagi yoşlar bilan ötkazilgan suhbatlar ularning aksariyati qonunçilik hujjatlarida belgilangan imtiyoz va kafolatlardan yetarli darajada xabardor emasligini körsatdi. Ayrim yoşlar esa mavjud huquqlaridan qanday tartibda foydalaniş kerakligini töliq bilmaydi.
Bu esa huquqiy tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, yoşlarni öz vaqtida zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaş va mas’ul taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni takomillaştiriş muhimligini körsatadi.
Muammoning yeçimi — xabardorlik va tizimli hamkorlik
Aniqlangan holatlarni bartaraf etiş uçun, eng avvalo, uy-joy bilan ta’minlangan yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning röyxatlarini soliq organlari ma’lumotlari bilan soliştiriş, imtiyoz qöllanilmagan holatlarning sabablarini aniqlaş va har bir holat böyiça qonunçilik talablariga muvofiq tegişli çoralarni köriş zarur.
Şu bilan birga, quyidagi yönalişlarga alohida e’tibor qaratiş maqsadga muvofiq:
• Huquqiy savodxonlikni oşiriş. Yoşlar orasida soliq imtiyozlari, ulardan foydalaniş tartibi va zarur hujjatlar haqida tuşuntiriş işlarini muntazam taşkil etiş.
• Idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş. Uy-joy ajratiş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar va soliq organlari örtasida tegişli ma’lumotlarning öz vaqtida almaşilişini ta’minlaş.
• Imtiyozlarning qöllanilişini nazorat qiliş. Soliq imtiyozidan foydalaniş huquqiga ega yoşlar böyiça ma’lumotlarni muntazam tahlil qilib boriş, imtiyoz qöllanilmagan holatlarni örganiş.
• Aniqlangan holatlarni qonuniy tartibda hal etiş. Asossiz yoki notöğri hisoblangan soliq summalarini qayta körib çiqiş, mavjud qarzdorliklar böyiça qonunçilikka muvofiq çoralar köriş.
Har bir huquq amalda ta’minlanişi kerak
Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga uy-joy ajratilişi ularning kelajagi va mustaqil hayotga moslaşuvi uçun muhim qadamdir. Biroq davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va belgilangan imtiyozlar amalda töliq işlagandagina kutilgan natijaga erişiş mumkin.
Andijon viloyatida ötkazilgan örganişlar soliq imtiyozlaridan foydalaniş tartibini tuşuntiriş, hujjatlarni rasmiylaştirişda kömaklaşiş va mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş zarurligini körsatmoqda.
Zero, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarning huquqlarini ta’minlaş faqat ularga uy-joy beriş bilan çeklanmaydi. Ularning qonunçilikda belgilangan barça imtiyoz va kafolatlardan tölaqonli foydalanişiga kömaklaşiş ham davlat va jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biridir.
Ijtimoiy Inspeksiya Andijon viloyati boşqarmasi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarga körsatiladigan
Ijtimoiy xizmat va yordam samaradorligini nazorat
qiliş şöbasi boş mutaxassisi: Abduraimov Akramjon Axmadjon öğli.