Xorij fuqarosi bilan nikohni rasmiylashtirish


   Savol: Xorij fuqarosi bilan nikoh tuzmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi hududida nikohimizni rasmiylashtirishim mumkinmi?

    Javob: fuqarolarining chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo‘lsagina amalga oshiriladi.
     Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan hujjat (davlat tilidagi tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim. Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish o‘sha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida ushbu Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
   O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan o‘sha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda o‘sha davlat va O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
   Boshqa davlatda yashovchi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi bo‘lgan o‘sha davlat fuqarosining iltimosiga ko‘ra, konsul nikohni qayd etuvchi o‘sha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
    Bunday ma’lumotnomalar konsullik muassasalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida beriladi.
  Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa konsul bu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.
   FHDY organi tomonidan nikoh qayd etilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohga kirgan shaxs fuqarosi bo‘lgan xorijiy davlatning tegishli organiga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.
   Nikohni qayd etishni vaqtini va tartibi nikohlanuvchilar tarafidan tantanali vaziyatda FHDY bo‘limida yoki sayyor ravishda tantanali  o‘tkazilishi mumkin 

Abdullayeva Dildora Ibroximovna – Andijon shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi inspektori.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот