Nikoh shartnomasi
– er va xotin mol-mulkining ayrim turlariga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʻrnatish;– er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʻrnatish.
Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, uning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Nikoh shartnomasi fuqarolik-huquqiy bitim boʻlganligi sababli uni haqiqiy emas deb topish Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga koʻra amalga oshiriladi. Oila kodeksida nikoh shartnomasi faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi nazarda tutiladi.
Nikoh shartnomasi — oiladagi moliyaviy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjatdir. Uni tuzish tartibi oddiy, lekin puxta oʻylab va oʻzaro ishonch asosida bajarilishi kerak. Bunday hujjat ajralish, nizolar, mulk talashuvi kabi salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
G‘ofirjon SOLOMOV – Andijon shahar FHDY boʼlimi mudiri.