Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
–’’Davlat tili haqida’’gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi,ismi,otasining ismini yozdirish istagi bo‘lganda;
– Otalik belgilanganda;
– Farzandlikka olinganda;
– Ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda;
– Millati o‘zgartirilganda;
– Nikohda turmagan ota tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
– Sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda, ota haqidagi ma’lumotlar bekor qilinganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
– Ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
– Dalolatnoma yozuvlarida imloviy xato va noaniqliklar bo‘lganda,shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining ismi haqidagi yozuv mavjud bo‘lmaganda;
– 16 yoshga to‘lmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa;
– Agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirilib yoki erkalatish shaklida yozilgan bo‘lsa;
– Jinsi o‘zgartirilganda.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish , tuzatish va qo‘shimchalar kiritish uchun ariza beruvchi doimiy yashash joyidan qat’i nazar FHDY organiga murojaat qiladi.
Bunda, ariza beruvchi FHDY organiga shaxsan o‘zi kelolmagan taqdirda, dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.
Qoraboyeva Nargiza Shuxratjon qizi –
Andijon viloyat, Baliqchi tuman,
FHDY bo‘limining 2-toifali inspektori.