Yangi O‘zbekiston – demokratik va huquqiy davlat


     Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 7-moddasi birinchi bandidagi norma mazkur modda ikkinchi bandi birinchi qismida «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab... amalga oshiriladi» deb belgilangan norma bilan uyg‘un va hamohangdir. Hech shubhasiz, ushbu normalar mamlakatimizda nafaqat xalq hokimiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, ayni chog‘da xalqimiz xohish-irodasi va insonlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
     Yanada tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda yuqorida tilga olingan: «xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan umume’tirof etilgan tamoyilga qat’iy rioya etiladi.
     Asosiy Qonunimizning 7-moddasi ikkinchi bandida yana bir umume’tirof etilgan tamoyil mustahkamlangan. Unga ko‘ra davlat hokimiyati faqat «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi».
    Ushbu norma talqini asnosida shuni ta’kidlash o‘rinliki, insoniyat tajribasi negizida demokratiyaning ikki turi ishlab chiqilgan. Bulardan biri – to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita demokratiya bo‘lsa, ikkinchisi – saylangan vakillarning tegishli muassasalari orqali amalga oshiriladigan vakillik demokratiyasidir.
    Konstitutsiyaning 7-moddasidagi tegishli qoidalar 10-moddaning: «O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin», degan birinchi bandida yanada aniq ifoda etilgan va chuqur ochib berilgan. Ya’niki, jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.
    Shu bilan birga, O‘zbekistonda boshqaruv davlat hokimiyatining quyidagi keng tarmoqli tizimi orqali amalga oshiriladi:

– birinchidan, Oliy Majlis qonun chiqaruvchi vakillik organi sifatida qonunlarni qabul qiladi;
– ikkinchidan, ijro etuvchi hokimiyat, ya’ni Vazirlar Mahkamasi boshchiligidagi ijro hokimiyati qonunlar ijrosini ta’minlaydi;
– uchinchidan, sudlar odil sudlov organlari sifatida nizolarni qonun asosida hal qiladi. Ushbu organlarning har biri muayyan doiradagi vakolatlarga ega bo‘lib, birgalikda ular davlat hokimiyati tizimining sud hokimiyatini o‘zida ifoda etadi.

Muminov Davronbek Abdullayevich –
Andijon viloyat, Shahrixon tuman 
Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari 
markazi direktori.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот