To‘lanmayotgan pul mablag‘lari sud tartibida undirib berildi


     Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning muammolarini aniqlash, ularni o‘rganish va huquqiy yechim topish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
    Xususan, huquqi buzilgan tadbirkorlardan biri, “Obod Xonabod fayz” MChJ rahbari P.Abdusalomov ariza bilan murojaat qilib, Xo‘jaobod tumanidagi Uzun ko‘cha MFY binosini joriy ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha Xo‘jaobod tuman hokimligi bilan 06.12.2021-yilda pudrat shartnomasi tuzilganligi hamda ishlar bajarilgan bo‘lishiga qaramasdan jami 225.606.995 so‘mlik pul mablag‘lari to‘lanmaganligini ma’lum qilgan.
   Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaatida Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudiga davo ariza kiritilishi hamda uning huquqlari sudda himoya qilinishi natijasida, sudning 2024-yil 20-dekabr kungi hal qiluv qaroriga asosan “Obod Xonabod fayz” MChJ foydasiga 225.606.995 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Madraximov Alisher Yormuxamatovich –
Andijon viloyat, Marhamat tuman
Adliya bo‘limi boshlig‘i.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот