Ona tili va adabiyoti hamda tarix fanlari o‘qituvchilariga milliy sertifikat


2025 yil 1 yanvardan ona tili va adabiyoti hamda tarix fanlari o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladimi?

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmonida 2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyoti hamda tarix fanlari bo‘yicha bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
     Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova belgilangan. Ya’ni, vazirlik hech qanday vajlarsiz mazkur topshiriq ijrosini 1-yanvardan boshlab bajarishi shart qilib qo‘yilgan.
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoniga muvofiq milliy sertifikatga ega bo‘lgan ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga to‘lanadigan ustama miqdori 20 foizni tashkil etadi.
    2025 yildan boshlab esa ushbu ustamalar miqdori 50 foizga oshirilishi belgilangan.

Mirdosova Lola Abdillajanovna –
Andijon viloyat, Paxtaobod tuman 
Adliya bo‘limi yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот