Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya


Ehtiyojmand oilalarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanilgan to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi. 

     O‘zbekiston Respublikasining energiya resurslaridan foydalanish masalasi davlat tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinadi. So‘nggi yillarda hukumat tomonidan ijtimoiy himoya choralarini ko‘rish orqali kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib borilmoqda.  Aynan shu maqsadda, ba’zi toifadagi shaxslarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinishi tartibi joriy etildi.
    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga asosan,   quyidagi toifadagi iste’molchilar (keyingi o‘rinlarda — ehtiyojmand oilalar) uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya) joriy etilgan. 
    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar (keyingi o‘rinlarda — Yagona reyestrga kiritilgan oilalar);
   Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar (“mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalar soni tegishli mahalladagi Yagona reyestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak ) ushbu imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.
    Ushbu qarorga ko‘ra isitish mavsumida (noyabr — fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beradi;
b) elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
– tabiiy gaz uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
– elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lab beriladi.

Botirjon Yo‘ldashev – 
Andijon viloyat Adliya boshqarmasi 
Huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот