Dalolatnoma yozuvlarini tiklash
Dalolatnoma yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo‘lganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar bo‘lganida yo‘qolgan yozuvlarni qayta tiklab qo‘yish tushuniladi.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari
Bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi.
Agar 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishi haqidagi yozuvlar yo‘qolgan bo‘lsa yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
Agar dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yo‘qolgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvini tiklash 16 yoshga to‘lgan fuqaroning shaxsiy arizasiga ko‘ra uning yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari, bu – yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo‘lsa faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko‘ra tiklanadi. Agar dalolatnoma yozuvining ikkala nusxasi ham yo‘qolgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvini tiklash fuqaroning shaxsiy arizasiga ko‘ra uning yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun yetarli asoslar bo‘lmaganda FHDY organi ariza beruvchiga rad qilinganlik haqidagi asoslangan xulosa beradi. Ushbu xulosa bilan ariza beruvchi masalani mohiyatiga ko‘ra hal etish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega uzrli sabablar mavjud bo‘lganda arizani ko‘rib chiqish muddati FHDY mudiri tomonidan 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va bu haqida ariza beruvchiga xabar qilinadi. Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar o‘rtasida nizo bo‘lsa, yozuvni tiklash sud tartibida amalga oshiriladi.
Qoraboyeva Nargiza Shuxratjon qizi –
Andijon viloyat, Baliqchi tumani
FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori.