Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori


     O‘zbekiston Standartlar instituti tomonidan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2024) milliy standarti tasdiqlash to‘g‘risida.

     O‘zbekiston Standartlar instituti tomonidan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2024) milliy standarti tasdiqlandi.         
     Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori (XALIKK-2024) mashg‘ulotlar va kasbiy faoliyat turlarining tasniflash, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka razryadlari diapazonini va xizmatchilarning lavozimlari toifalarini belgilash, shuningdek malaka darajalarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun foydalaniladi.         
     Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2024) milliy standartidan:        

– shtatlar jadvalini tuzishda;        
– Yagona milliy mehnat tizimi orqali elektron mehnat daftarchalarini shakllantirishda;         
– xodimlarni toifalarga ajratishda;          
– lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishda va boshqa mehnat munosabatlarida foydalaniladi.        

     O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidagi (Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020) davlat standarti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-mayda hisobga olingan, hisob raqami 15) O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qarori ya’ni XALIKK-2020 esa 2024 yil 13 dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi. Mazkur milliy standart 2024 yil 13 dekabrdan kuchga kirdi.

A. X. Egamnazarov –
Andijon shahar Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот