Jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun muhim omil


Aholi o‘rtasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun muhim omil ekanligi bo‘yicha ANNOTATSIYA

Solik kodeksining 17-moddasida soliqlarning va yig‘imlarning turlari keltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:

– qo‘shilgan qiymat solig‘i;
– aksiz solig‘i;
– foyda solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
– yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
– foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
– suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
– mol-mulk solig‘i;
– yer solig‘i;
– ijtimoiy soliq.

Shunga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash soliq davri uchun teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktyabrgacha amalga oshirilish belgilangan.

Uy-joy kodeksining 133-moddasiga ko‘ra, kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar quyidagilardan iborat:

– sovuq va issiq suv ta’minoti uchun to‘lov;
– oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun to‘lov;
– elektr uchun to‘lov; 
– gaz uchun to‘lov;
– issiqlik ta’minoti uchun to‘lov;
– qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lov.

Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarning tariflari va mazkur xizmatlar normativlari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.

Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. https://lex.uz/docs/2430765 

Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar to‘lash o‘tgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak.

Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar oldindan 100 foizlik haq to‘lash asosida amalga oshirilishi kerak.

Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kunga jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.

Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq to‘lash amalga oshirilmagan taqdirda, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berganlik uchun belgilangan muddatda majburiy to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Raupov Azizbek Sattarovich – 
Andijon viloyat, Buloqboshi tuman 
Adliya bo‘limi boshlig‘i










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот