Qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish


    Qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida  2024 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-413-sonli qarori qabul qilindi. 
    Qarorga ko‘ra:
   Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimi; 
– tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga-hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari- tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimi kiritiladi.

  Ular oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratadi.

B. Kimsanboyev – 
Andijon viloyat, Asaka tuman 
Adliya bo‘limi yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот