Masofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun
Masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan xodimlar uchun ham ish joyidan ish haqi saqlangan ta’til beriladimi?
Amaldagi MK 385-moddasi kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni berishni tartibga soladi! Masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilmagan! Lekin garchi Mehnat kodeksida bu toifa xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, qonunchilik hujjatlarida kafolatlar nazarda tutilgan!
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko‘ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.
Ta’til berish uchun asos sifatida ish joyidan ma’lumotnoma va OTM tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazorat grafigi nusxasini taqdim qilishi mumkin. O‘qish joyidan ma’lumotnomani my.gov.uz saytidan yuklab olish mumkin.
Odilov Abdulaziz –
Andijon viloyat, Buloqboshi tuman
Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti.