Huquqshunos maslahati
SUBSIDIYA ORQALI UY OLMOQCHI BO‘LGAN OILANING OYLIK DAROMADI QANCHA BO‘LISHI KERAK?
⚡️JAVOB:
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan,
➖ subsidiya orqali uy-joy olmoqchi bo‘lgan talabgor shaxs yoki oilaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlari miqdori:
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (1 050 000 so‘m)ning 2,7 baravari (2 835 000 so‘m)dan 8 baravari (8 400 000 so‘m)gacha;
✅ Toshkent shahrida 2,7 baravari (2 835 000 so‘m)dan 9,2 baravari (9 660 000 so‘m)gacha bo‘lishi talab etiladi.
✏️ Subsidiya orqali uy olmoqchi bo‘lgan talabgor shaxs yoki oila qaysi hududda yashashidan qat’iy nazar, ularning daromadi bir oyda eng kamida yuqoridagi 2 835 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.
❗️KREDITGA OLINGAN UYNI SOTSA BO‘LADIMI?
⚡️JAVOB:
Amaliyotda kreditga olingan uylar olingan kreditning ta’minoti sifatida garovga olinadi. Ya’ni, o‘rtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi to‘lanmaguncha o‘sha olgan uyingizga banklar tomonidan sotish uchun taqiq qo‘yilgan bo‘ladi.
✅ “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasida,➖ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk, agar ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki o‘zgacha usulda faqat ipotekaga oluvchi(Bank)ning roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ya’ni, agar bank Sizga mabodo, o‘sha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rozilik bersa shunda uyni sotishingiz mumkin bo‘ladi.
✅ Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish degan norma bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir to‘lovga layoqatli shaxsga (yangi qarzdorga, yoki Siz sotmoqchi bo‘lgan o‘sha odamga) o‘tkazish mumkin. Bunda Siz bilan bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga o‘zgartirish kiritiladi va shartnoma bo‘yicha Sizni zimmangizda bo‘lgan barcha majburiyatlar ikkinchi shaxsga o‘tadi.
Axmadjonov Bobur –
Andijon viloyat, Jalaquduq tuman
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti.