Huquqshunos maslahati


Savol bering, javob beramiz!

     Savol: Men ID-karta olmoqchiman.  Men ID-kartani qanday olsam bo‘ladi?

     Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6065-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida nizomga asosan 
    ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

– ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
– fuqaro 16 yoshga to‘lganda;
– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;
– ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;
– fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;
– ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;
– ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;
– ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
– ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.

    ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaro tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va elektron talabnoma shakllantirilgan kundan boshlab bir ish kunida ko‘rib chiqiladi.
     Fuqaro ID-kartani yo‘qotgan taqdirda o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat etadi. Yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida beriladi;
     Chipga millati haqidagi yozuv ota-onaning millatiga muvofiq yoziladi. Agar ota-onalar turli millatga mansub bo‘lishsa, birinchi marta ID-karta berilayotganda fuqaroning xohishiga qarab otasining yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik, fuqaroning yozma arizasiga ko‘ra millati haqidagi yozuv faqat bir marta otasi yoki onasining millatiga o‘zgartirilishi mumkin.

Akbarov Xurshidbek Inomjon o‘g‘li –
Andijon viloyat, Xo‘jaobod tuman 
Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот