Huquqshunos maslahati


Savol bering, javob beramiz!

1. Kimlar ish qidirayotgan shaxs hisoblanadi?

    O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ish qidirayotgan shaxs deb ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxsga aytiladi.

2. Haq to‘lanadigan jamoat ishlari nima?

    O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, haq to‘lanadigan jamoat ishlari deb buyurtmachilar-ish beruvchilar — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan, qoida tariqasida, dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning vaqtincha bandligini ta’minlash uchun mahalliy mehnat organlari tomonidan beriladigan ishga joylashtirishga doir yo‘llanmalar bo‘yicha bajariladigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlariga aytiladi.

3. Maqbul keladigan ish nima?

    Dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa birinchi marta ish qidirayotgan, kasbga (mutaxassislikka) ega bo‘lmagan shaxslarning yoshga doir va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ish ushbu shaxslar uchun maqbul keladigan ish hisoblanadi.

4. Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish shartlari haqida ma’lumot bering.

    O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.

Ermatov Javlonbek Davronbek o‘g‘li – 
Andijon viloyat, Xo‘jaobod tuman 
Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish 
markazi bosh yuristkonsulti.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот