Huquqshunos maslahati
Savol bering, javob beramiz!
1. Intizomiy jazoni olib tashlash uchun 6 oy o‘tishi kerakmi?
Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi (MK 315-moddasi).
Demak, intizomiy jazoni olib tashlash uchun ma’lum bir muddat, masalan 3 yoki 6 oy belgilanmagan. Agar ish beruvchi istasa jazoni istalgan vaqtda olib tashlashi mumkin. Buning uchun xodim qaydaydir yutuq yoki natijalarga erishishi shart emas.
2. Intizomiy jazo ustidan qancha muddatda shikoyat qilish mumkin?
Intizomiy jazo ustidan sudga shikoyat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:
– Hayfsan va jarima ustidan xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab 6 oy;
– Mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) yuzasidan esa xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran 3 oy.
Odilov Abdulaziz Jaloldin o‘g‘li –
Andijon viloyat, Xo‘jaobod tuman
Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuristkonsulti.