Saylov bo‘yicha yangiliklardan xabardormisiz?


2024 yilda o‘tkazilishi belgilangan Saylov bo‘yicha yangiliklardan xabardormisiz?

     Saylovlar orqali har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etadi hamda mamlakat taqdiriga nisbatan befarq emasligini namoyon etadi.
     Saylovlar xalqning davlat hokimiyati bilan qayta aloqasini ko‘rsatib turadi.
   Dunyo mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotidagi turfa xillik ularning saylov tizimlarida ham o‘z aksini topgan bo‘lib, bu holat majoritar, proporsional va aralash saylov tizimlarining shakllanishiga sabab bo‘ldi.
    Keyingi yillarda mamlakatimizda Parlament hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini yanada kengaytirish borasida demokratik o‘zgarishlar amalga oshirildi.
  Jumladan, 2023 yil 18 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-883-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. 
   Mazkur Qonun bilan ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. 
    Bunda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlik o‘rnining 50 foizi majoritar, ya’ni hozirgidek muayyan okruglar bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylanishi, qolgan 50 foizi esa proporsional, ya’ni aniq bir shaxsga emas, balki partiyaga ovoz berish orqali, partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan ro‘yxat asosida nomzodlar saylanishi nazarda tutildi.
    Besh yil davomida qayta saylovlar o‘tkazilishiga chek qo‘yildi. Ya’ni nomzodlardan biri deputatlik huquqidan mahrum qilinsa, vafot etsa yoki boshqa sabablar bilan deputatlikdan bo‘shatilgan taqdirda, ro‘yxat bo‘yicha keyingi nomzod deputatlik o‘rnini egallaydi. 
   Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga va xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylov majoritar, ya’ni muayyan okrug bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylanishi belgilandi. 
    Shuningdek, majoritar saylov tizimining nisbiy mojaritar tizimidan foydalanishi belgilangan. Ya’ni bu juda qulay hamda sodda tizim bo‘lib, bunda nomzodlarning nisbatan ko‘proq ovoz olgani saylangan hisoblanadi. 

Kozimjon Abdusalomov – 
Andijon viloyat, Marhamat tuman 
Adliya bo‘limi yuridik xizmat 
ko‘rsatish markazi boshlig‘i.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:



Маълумот