Dunyo kezayotgan “Tamara” qo‘shig‘ining muallifi nimadan norozi?


Instagram: https://www.instagram.com/boburbekarapbaev


   Oʻzbekistonlik xonandalarining xorij musiqasidan foydalanishiga va qoʻshiqlarning soʻzlarini oʻzgartirib ijro etishiga oʻrganib qolganmiz. Ammo mualliflik huquqlarini poymol qilib, oʻzbek xonandalarining ijodidan foydalanayotgan xorijliklar ham yoʻq emas. Ijtimoiy tarmoqlarda “Tamara” qoʻshigʻi bilan tanilgan yosh ijodkor Boburbek Arapbaev ham qoʻshigʻini oʻgʻrincha ijro etayotgan xorijlik sanʼatkorlardan arz qilmoqda.
— “Tamara” qoʻshigʻini shu yilning fevral oyida ijro etganman. Qoʻshiqning soʻzlari qoraqalpogʻistonlik ijodkorlar Noker Meretovga, musiqasi esa Jamshid Aimbetovga tegishli. Qoʻshiqqa klipmeyker Abbos Abdullayev bilan hamkorlikda klip ham suratga olganmiz. Klip shu yilning 10 mart sanasida YouTube tarmogʻiga joylangan. Yetti oy mobaynida u 28 mln marta koʻrildi. Ammo keyingi paytlarda qoʻshiqqa “egalik qiladigan” ijodkorlar koʻpayib ketdi. Masalan, ozorbayjonlik Aygun Agayeva qoʻshiqni ozor tilida ijro etib, klip bilan birga tarmoqqa joylagan. Uning ham ijrosi salkam 1 mln marta tomosha qilingan. Ammo ruxsat soʻramay uni ijro etganligidan ranjidim. “Men musiqani qaytadan sayqallaganman”,degan bahona bilan uni tarmoqda olib tashlashni istamayapti.
   Undan keyin Rustam Aliyev ismli ijrochi “Devushka doza” nomi bilan oʻz ijrosini YouTube tarmogʻiga joyladi. Ammo u ham buning uchun ruxsat soʻragani yoʻq.
   Qozogʻistonda Yeldos Januzak va Beybaris Sadiq ismli mashhur xonandalar bor ekan. Ular qoʻshiqni ijro etish uchun ruxsat soʻrab, 1 500 AQSh dollariga qoʻshiqni sotib olishdi. Ularning ijrosiga hech qanday eʼtirozim yoʻq.
   Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Tamara” qoʻshigʻining cover variantlari koʻpayib ketdi. Ayniqsa, ozorbayjon va turk ijodkorlari bu qoʻshiqni ijro etib, tarmoqqa joylashayapti. Buni koʻrganlar meni koʻchirmakashlikda ayblashayapti. Ammo men qoʻshiqni shoir va bastakordan sotib olganman va uni ijro etganman. “Tamara” qoʻshigʻining mualliflik huquqi ham kaminaga tegishli, — deydi qoraqalpogʻistonlik xonanda Boburbek Arapbaev.
   Xonanda 1994 yilning 12 Noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy tumanida tug‘ilgan. U 2018 yilda professional xonandalik faoliyatini boshlab, “Soribiyim so‘risi” qo‘shig‘ini ommaga taqdim etgan.

Nargiza Murodova










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот