O‘zbekistonda "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning ochilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistonda "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning ochilishi bo‘lib o‘tdi va yangi filmlarimiz namoyish etildi

     O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida " Ipak yo‘lining durdonasi" XlV Toshkent kinofestivali doirasida Toshkent va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadigan "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
     Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi, O‘zbekkino Milliy agentligi va Ozarbayjon Madaniyat Markazining birgalikdagi tashabbusi va ko‘magi bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar dastlab Markaz oldidagi buyuk rahbar Haydar Aliyev haykali poyiga va shahidlar bog‘iga  guldastalar qo‘ydilar. 
     E'tiborli jixati "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning ochilishi qardosh mamlakatda katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadbirda O‘zbekiston madaniyat va san'at jamoatchiligi vakillari, mahalliy ozarbayjonlar, ko‘plab ta'lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, matbuot vakillari ishtirok etdi. 
     Avvalo, Armaniston bilan Ozarbayjon chegarada sodir bo‘lgan provokatsiya natijasida so‘nggi kunlarda halok bo‘lgan shahidlarimiz xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yodga olindi. 
     O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini, davlatimiz rahbari, Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi, o‘tkazilgan uchrashuvlar, imzolangan shartnomalar mamlakatlarimiz hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini ta'kidladi. 
     Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat sohasidagi aloqalar haqida gapirar ekan, o‘tgan yili ham, bu yil ham Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda mamlakatimiz kinolarining keng namoyishi, Ozarbayjon kinosi O‘zbekistonda katta qiziqish va muhabbat bilan kutib olinganini ta'kidladi. 
     Diplomatning ta'kidlashicha, 2020 yilda Ozarbayjon armiyasining,Oliy Bosh qo‘mondonning oqilona siyosati natijasida, qariyb 30 yil davomida bosib olingan ona tuproqlarimiz ozod qilindi va filmlarimizning ozod Qorabog‘imiz, Sharqiy Zangezurimizda yaratishi biz uchun katta sharafdir."O‘zbekkino" Milliy agentligi"ning rasmiy vakili,"Yoshlik" kinostudiyasi rahbari Adham Nurqulov mamlakatda oxirgi vaqtlarda kinematograflarga  yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berdi va O‘zbekistondagi kinofestival va Ozarbayjon kinematografchilari bilan hamkorlik haqida so‘zlab berdi. Xalqaro kinofestivalda dunyoning 35 mamlakatidan 300 nafardan ziyod kinomatograf, rejissyor, taniqli akterlar, kino sohasi mutaxassislari ishtirok etayotganini ta'kidladi. 
     Tadbirda so‘z olgan Xalq artisti Gulyanog Mammadova O‘zbekiston Xalq artisti unvoni bilan taqdirlangani uchun O‘zbekiston xalqiga va Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, Festival ishiga muvaffaqiyatlar tiladi. 
So‘ngra film namoyishlari boshlandi. Kinorejissyorlar Ayoz Salayevning "Er" va Ilgar Najafning "Sug‘ra va uning o‘g‘illari" filmlari namoyish etildi. Ikkala rejissyor ham o‘zlari yaratgan filmlari haqida gapirib, ular haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. 
     Har ikkala film ham festivalga tashrif buyurganlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va rejissyorlar tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo‘lishdi. 
     Qayd etish kerakki, Xalqaro kinofestivalning davomi sifatida filmlarimiz 17 sentyabr kuni Buxoro shahrida namoyish etiladi.

     O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining axborot markazi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот