IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash tartibini bilasizmi?


IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash tartibini bilasizmi?

   “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ichki ishlar organi xodimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, ularni qo‘llash va jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.Qonunning 23-moddasiga asosan ichki ishlar organi xodimi tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash asoslari quyidagilar hisoblanadi:
- fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish;
- jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yish;
- ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yish;
- jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlash;
- qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash;
- ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish;
- zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilish;
- fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish;
- haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatish;
- jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlash;
- muhofaza qilinadigan ob’ektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yish.
  Mazkur moddaning ikkinchi qismiga asosan 1–5, 7, 8 va 11-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollar vujudga kelganda ichki ishlar organlari xodimlari rezina tayoqlardan 8 va 9-asoslarda ko‘rsatib o‘tilgan hollarda esa transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalaridan foydalanishi mumkin. Qo‘shimcha tarzda ta’kidlash mumkinki, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
    Yuridik va jismoniy shaxslar faqatgina qonunchilik hujjatlariga rioya etgan holda ish ko‘rishi lozim.

   Gulmira Latifjonovna Begmurodova - Andijon viloyat, Shahrixon tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat markazi Bosh yurist konsulti.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот