Nega so‘gal toshadi?


Nega badanga so‘gal toshadi?


  So‘gal – terining shilingan, chaqalangan, ko‘p terlaydigan joylarida paydo bo‘ladigan virusli kasallikdir. Oddiy so‘gal ko‘pi bilan no‘xatday, og‘riqsiz, g‘adir-budur tuguncha shakldida bo‘lib, ko‘pincha yuz, qo‘l va oyoq panjalarida uchraydi. So‘gallar tug‘ma yoki kuyeyinchalik paydo bo‘lishi mumkin. Ularning ayrimlari ma’lum vaqtdan keyin o‘z-o‘zidan yo‘qolib ham ketadi.

- Qonda ko‘paygan quruq balg‘am ba’zan so‘galga aylanadi, - deydi dermatolog, tibbiyot fanlari doktori, dots.nt Q. AHMЕDOV. -  U, asosan, o‘smirlarda ko‘p uchraydi. Ba’zan bir dona katta so‘gal chiqsa, qo‘shni a’zoga kelayotgan oziq miqdorini zaharga aylantiradi, shunda o‘sha a’zo qurib-sovib, so‘gal ko‘payadi.

  Teridagi turli yaralar, modda almashinuvining buzilishi hamda organizmning himoya tizimi kuchsiz bo‘lganida qo‘l va tananing boshqa joylari terisida so‘gal ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

   Inson badanida so‘gal paydo bo‘lishining asl sabablari hozirgacha to‘liq ilmiy izohini topmagan. Uni qo‘zg‘atuvchi viruslar ham aniq ma’lumot yo‘q.

  Ushbu kasallikning kelib chiqmasligi uchun, eng avvalo, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. Oyoq-qo‘llarni har kuni sovunlab yuvish zarur. Yaralangan, shilingan, chaqa bo‘lgan joylarga spirt, yod kabi vositalarni surtib, tozalash kerak.

Yuqishi mumkinmi?

   Ushbu kasallik yuqumli bo‘lib, sog‘­lom odam terisi bemorning terisiga tegishidan hamda ro‘zg‘or buyumlari orqali yuqishi mumkin.

 Oyoqning poyabzal qisadigan joylarida, ayniqsa, ko‘p terlaydigan oyoqda juda qattiq, g‘adir-budur, kulrang tugunchalar paydo bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlarda yassi so‘gal ko‘pincha yuz, bo‘yin va qo‘l panjasining ustki qismida och pushti yoki sarg‘imtir, dumaloq, yapaloq tugunchalar ko‘rinishida uchraydi. Keksalarda esa tana, bo‘yin va yuzda kulrang, jigarrang yoki qoramtir rangda bo‘ladi.

Davolash  usullari...


   So‘galni o‘zboshimchalik bilan davolab bo‘lmaydi. Uni shifokor ko‘rigidan o‘tib, davolash kerak. O‘zboshimchalik qilib turli kuydiruvchi dorilar ishlatilsa, so‘gal yaraga aylanib ketishi mumkin. So‘gal achchiq va burishtiruvchi xususiyatga ega dori vositalari bilan davolaniladi.

 Darvoqe, toshko‘mir qatroni (smola), neft mahsulotlari, rentgen nurlari bilan aloqador kishilarning badanlariga toshgan so‘gallar xavfli shishga aylanish ehtimoli borligini unutmaslik lozim.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот