ISLOHOTLAR AMALDA


           Shahrixon tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 
     ISLOHOTLAR AMALDA IJRO ETILMOQDA
    
     Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, joylarda aholini tashvishga soluvchi huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish, o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish masalalarida adliya organlari va muassasalarining roli va mas’uliyati sezilarli ravishda oshmoqda.
     Shu bilan birga, “Yangi O‘zbekiston — xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini ro‘yobga chiqarish adliya organlari tizimida ma’muriy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni taqozo qilmoqda.
Mamlakatimizda adolat va huquq ustuvorligini mustahkamlash, aholiga professional xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruvni yaratish, shu jumladan aholining huquqiy muammolarini hal etishda hamda yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirishda adliya organlarining roli va mas’uliyatini yanada kuchaytirish maqsadida bir nechta me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
     Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son hamda 2022 yil 18 mart kungi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarorlari qarorlari qabul qilinib amalda ijro etilib kelinmoqda.
     Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ-5168-son qarori asosida 2021 yil 01-oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida barcha tuman (shahar)larida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etildi.
     Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash, davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish etib belgilandi.
     Qarorga ko‘ra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
     Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berildi.
     Birgina, 2022 yil 01-avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bir qator tuman darajasidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
     Hozirgi kunga kelib, bosqichma-bosqich ravishda Respublikadagi 1405 ta ya’ni, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy meros, sportni rivojlantirish hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyalari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, 10 144 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari va 7 868 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash choralari ko‘rilib, ularga xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
     Shuningdek, yuqoridagi Qarorga muvofiq, 1218 ta Ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga quyildi.
     Bir so‘z bilan aytganda olib borilayotgan ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad bitta, u ham bo‘lsa bitta, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashdir.

     Oybek SOLIYEV - Andijon viloyat, Shahrixon tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat markazi boshlig‘i.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот