ADLIYA ARALASHGACH QONUN USTUVORLIGI TA’MINLANDI


  Ulug’nor tuman adliya bo’limiga fuqaro X maktab direktorligi lavozimidan Andijon viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan g’ayriqonuniy ravishda ishdan bo’shatilganligi yuzasidan amaliy yordam so'rab murojaat yo’lladi.
  Murojaat tuman adliya bo’limi tomonidan atroflicha o’rganilib chiqilib, fuqaro X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 99-moddasi talablariga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlandi. 
  Shunga ko’ra, tuman adliya bo’limi qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida fuqaro X ni manfaatini ko’zlab fuqarolik ishlari bo’yicha Andijon tumanlararo sudiga viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi javobgarligida da’vo arizasi kiritildi. 
  O’tkazilgan muhokamalar natijasiga ko’ra, sudning hal qiluv qarori bilan fuqaro X maktab direktorligi lavozimiga ishga tiklandi. 
   Ta’kidlash kerakki, adliya organlarining fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida  davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risida axborot yig‘ish va xalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standart prinsiplarini hisobga olgan holda uni baholashni amalga oshirish, fuqarolarning davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Andijon viloyat, Ulug'nor tuman Adliya bo'limining rasmiy kanali.
https://t.me/ulugnor_adliya










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот