Hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-405-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan:
Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
- hududiy boshqarma va boʼlimlar faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi;
- hududiy boʼlimlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki taʼsir oʼtkazish qatʼiy taqiqlanadi.
2023 yil 1 iyulgacha Kadastr agentligi organlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʼgʼrisidagi ishlarni “E-mamuriy ish” tizimi orqali elektron koʼrib chiqish imkoni yaratiladi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
- Kadastr agentligi markaziy apparatida – Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;
- Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida – chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi;
- Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida – Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
- “Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida – qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, doktorantura faoliyati, Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi.
Yangi o‘zlashtirilgan yerlar Qishloq xoʼjaligi vazirligi xulosasiga muvofiq viloyat hokimlari qaroriga asosan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlar toifasiga kiritiladi.
J. Ermatov - Andijon viloyat, Xo‘jaobod tuman Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi.