Ayoli e’zozlangan yurt


    Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 186-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Ayoli e’zozlangan yurt" mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir va Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan adabiy kecha, shuningdek elimizning suyukli ijodkorlari: "Oltin qalam" gazetasining Bosh muharriri, Muhammad Yusuf nomidagi fond rahbari - Nazira As-Salom; Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi Madaniyat markazining to‘garaklar bo‘yicha mutaxassisi, aktrisa va xonanda - Zilola Karimova hamda  O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar teatrining iste’dodli aktyori, rejissyor va sahna bo‘limi boshlig‘i - Barot Xasanov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda Nazira As-Salom umr yo‘ldoshi, O‘zbekiston xalq shoiri - Muhammad Yusufning yana bir nechta kitoblari nashr etilayotganini aytib o‘tib, maktab kutubxonasiga shoirning "Qizg‘aldog‘im" nomli kitobini sovg‘a qildi hamda she’rlar o‘qidi.
     Zilola Karimova doira chalgancha, qo‘shiqlar aytib, muxlislarni xushnud etdi.
     Barot Xasanov masallar aytdi va yurtimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar borasida to‘xtalib o‘tdi.
     Shuningdek, o‘quvchilar she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etishdi.
  Tadbirni Shayxontohur tumani 186-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori - Aziza Anvarovna Imamxodjayeva tashkillashtirdi. 
     Ijodiy-madaniy kechaga Maktabning Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilot raisi - Hidoyatxon Nurmuhamedova;  ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi - Muzaffar Muhammadnazar hamda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari - Dilshoda Ismatova mas’ul bo‘lishdi.
    Tadbirda Toshkent shahar targ‘ibot guruhi a’zosi - X. Abdusamatov, Shayxontohur tuman hokimligi kotibiyati bosh mutaxassisi - K. Hoshimova, "Ko‘kcha Darvoza" MFY xotin-qizlar faoli - G. Rahimbekova, MFY yoshlar yetakchisi - A. Mamatov, maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi - V. Xasanova, fan o‘qituvchilari, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.










Гость, изоҳ қолдирасизми?
Имя:*
E-Mail:


Маълумот